Muborak Ramazon oyi davom etayotgan ushbu qutlug` kunlarda “Lokomotiv” PFK Jahon chempionligini qo`lga kiritgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun iftorlik dasturxonini yozdi.
Terma jamoamiz vakillari “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurishdi. Ular klub qarorgohida “Lokomotiv” asosiy tarkibi futbolchilari hamda murabbiylari bilan suhbat qurib, Jahon chempionati taassurotlari bilan o`rtoqlashishdi. Katta akalari esa ushbu yosh futbolchilarga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.
“Sizlar o`zingizdan kutilgan o`yinni namoyish eta oldingiz va Jahon chempionatida O`zbekiston sharafini munosib himoya qildingiz. Sizlar bilan har qancha farxlansa arziydi. Sizdek futbolga ulkan mehr qo`ygan yigitlarga kelajakda ulkan muvvaffaqiyatlar tilaymiz. Hali katta futbolda ham yaxshi natijalar qayd etishingizga ishonamiz”, – dedi “Lokomotiv” PFK bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov.











