Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Jahon sog`liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Jahon sog`liqni saqlash assambleyasi JSSTning yuqori organi hisoblanadi. Assambleyaning har yilgi sessiyasi, odatda, Jenevada may oyida bo`lib o`tadi. An`anaga muvofiq, joriy yilgi 71-sessiya ham Shveysariyaning Jeneva shahrida bo`lib o`tmoqda. 21 may kuni tadbir rasman ochildi. Unda JSSTga a`zo 194 ta davlatlarning sog`liqni saqlash sohasi bo`yicha rahbarlari qatorida O`zbekiston delegasiyasi ham qatnashmoqda. Jahon sog`liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi 26 mayga qadar davom etadi.






