Rossiya Federasiyasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o`zbekistonlik yoshlarning murojaatlarini inobatga olib, O`zbekiston yoshlar ittifoqi facebook ijtimoiy tarmog`i orqali onlayn muloqot o`tkazadi!
Onlayn muloqot 2018 yilning 28 may kuni soat 16:00 da bo`lib o`tadi.
Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgansavollarga tegishli tashkilotlar — O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh Boshqarmasi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari javob berishadi.
Onlayn muloqotdan maqsad, Rossiya Federasiyasidagi o`zbekistonlik yoshlar bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot tizimini yo`lga qo`yish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko`rish, mamalakatimizda yosh kadrlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan ularni yaqindan tanishtirishdan iborat!
Aziz yoshlar, faol bo`ling! O`zingizni qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan to`g`ridan-to`g`ri javob olish imkoniyatini qo`ldan bermang!
Murojaatlar (+998998584430) telegram raqamlari orqali qabul qilinadi.






