AsosiyJamiyat

Endi polimer plyonkali paketlar bepul berilmaydi

'Endi polimer plyonkali paketlar bepul berilmaydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi hududida qalinligi 40 mikrondan kam bo`lgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish taqiqlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan:

2019 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar taqiqlanadi:

Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini O`zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar narxiga qo`shish, shuningdek, ularni o`z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno);

O`zbekiston Respublikasi hududida qalinligi 40 mikrondan kam bo`lgan polimer plyonkali paketlarni ishlab chiqarish (eksport uchun ishlab chiqariladigan, tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan, xo`jalikda foydalanish uchun rulonlarda sotiladigan polimer plyonkali paketlar, shuningdek, biologik chiriydigan polimer materiallardan tayyorlangan paketlar bundan mustasno);

O`zbekiston Respublikasi hududiga polimer plyonkali paketlarni (TIF TN bo`yicha 3923 21 000 0, 3923 29 100 0, 3923 29 000 kodli) olib kirish, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar va shaxsiy buyumlarni tashish va qadoqlash uchun olib kiriladigan paketlar, shuningdek, tamg`alangan yuk bo`linmasida tranzit tarzida olib o`tiladigan tovarlar bundan mustasno.

Shuningdek, qarorda Davlat ekologiya qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va Davlat bojxona qo`mitasi mazkur bandda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar