AsosiyJamiyat

O`zbek gilosining eksport miqdori ilk marotaba to`rt barobarga ortdi

'O`zbek gilosining eksport miqdori ilk marotaba to`rt barobarga ortdi'ning rasmi

“O`zagroeksport” kompaniyasidan ma`lum qilishlaricha, bu ko`rsatgich o`sishda davom etmoqda. Qayd etish joizki, kompaniya bu yildan e`tiboran ilk bor meva-sabzavotlarning eksport narxlarini keng ommaga e`lon qila boshladi. Natijada eksport mavsumi boshlanishi yuqori ko`rsatkichlar qayd etilmoqda.

Ayni vaqtda gilosning eksport narxlari e`lon qilinganda so`ng mamlakatimizdan ushbu mahsulotning jahon bozorlariga yo`l olishi yanada jadallashmoqda. Narxning barqarorligi natijasida 2018 yilning 20 mayigacha qiymati 30 million dollarlik 7 ming tonnadan ziyod gilos eksport qilindi. Agarda 2017 yilning shu davridagi natijalar bilan taqqoslaydigan bo`lsak, o`tgan yili 7,5 million dollarlik 2 ming 516 tonna gilos eksportga chiqarilgan.

Misol uchun, bu yilgi gilos hosili 4 dollargacha bo`lgan narxda eksport qilinmoqda. Uning o`tgan yilgi bahosi 2 dollar atrofida edi.

Vaholanki, Amerika, Turkiya, Chili kabi davlatlar gilosning kilosini 6 dollardan 15 dollargacha bo`lgan bahoda eksport qilmoqda.

Ayni vaqtda gilosning qiymati 4 barobarga oshirilgan bo`lsa-da, jahon bozorlarida unga bo`lgan talab kamaygani yo`q. Eng asosiysi, mevalarni kecha-yu kunduz parvarishlagan mirishkor dehqonlarimiz ushbu mavsum hosilidan salmoqli daromad olishni boshlashdi. Bu esa ular tomonidan yangi bog`lar barpo etilishi uchun zamin yaratmoqda.

O`z.A.

    Boshqa yangiliklar