1

Qotillik qurboniga aylanib, nimtalangan ayol

Jinoyat 22.05.2018, 18:59
Qotillik qurboniga aylanib, nimtalangan ayol

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2018 yil 16 fevral kuni bedarak yo`qolib qidiruvda bo`lgan Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida yashagan, Sergeli tumani Obirahmat ko`chasida joylashgan “Abror style” go`zallik saloni ishchisi N.M. ismli ayol shu go`zallik salonidan noma`lum ayol bilan noma`lum tomonga ketib bedarak yo`qolgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida Toshkent shahar Sergeli tumanida ro`yhatda turuvchi, vaqtincha Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi M.A. ismli ayol uyida o`zaro janjal oqibatida N.M.ning yuziga sirka kislotasini sepib, bo`yin hamda elka qismlariga pichoq bilan urib jarohat etkazib, so`ng tanasini bolta bilan bo`laklarga ajiratib, polietilen qoplarga joylashtirganligi va Quyichirchiq tumani hududidan oqib o`tuvchi “Chirchiq” daryosiga tananing qorin qismini tashlab yuborganligi hamda tananing qolgan qismlarini shu daryo qirg`og`ida joylashgan chakalakzorga tashlab ketganligi aniqlangan. Ko`rilgan choralar natijasida M.A. ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1