AsosiyJamiyat

Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish mavzuidagi milliy seminar-trening o`z ishini boshladi

'Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish mavzuidagi milliy seminar-trening o`z ishini boshladi 'ning rasmi

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish masalalariga bag`ishlangan milliy seminar-trening o`z ishini boshladi.

O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan seminarda sertifikatlarga ega baholovchilar, mahalliy va xorijlik ekspertlar, yuristlar, auditorlar, Toshkent shahridagi texnoparklar va innovasion markazlarning mutaxassislari, texnologiyalar va innovasiyalarni qo`llab-quvvatlash markazlarining vakillari, patentshunoslar va oliy o`quv muassasalarining ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.

Mazkur seminarni o`tkazishdan asosiy maqsad intellektual mulk ob`ektlarining (IMO) xalqaro baholash tajribasi bilan tanishish, mamlakatimizda intellektual mulk ob`ektlarini baholash holati va amaliyoti, tijoratlashtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, baholash va tijoratlashtirishni normativ-huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish bo`yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Ikki kun davom etadigan ushbu tadbirda mahalliy va xorijlik ekspertlar mavzuga doir ma`ruzalari va fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashadi.

O`zA

    Boshqa yangiliklar