Buxoro shahar IIBga Buxoro tumani, Xonabod MFY, Ko`hnamachit qishlog`ida yashovchi I. M. ariza orqali murojaat qiladi.
U o`z arizasida Buxoro shahar A.Yassaviy ko`chasi, 7/1-uyda yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan Negmatov Mirshohid Ismatullaevich aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan moddiy manfaatdor bo`lish maqsadida M.I. bilan telefon orqali tanishadi. Qizga o`zini Davlat Xavfsizlik Xizmatida ishlashini, ismi “Otabek” ekanligini aytib, unga uylanmoqchiligini aytadi. Uylanishidan oldin Ko`ksaroy ko`chasidagi uyini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, qizning ishonchiga kiradi va rasmiylashtirish uchun pul kerak bo`layotganligini bildiradi.
Qizdan aldov yo`li bilan 1600 AQSh miqdoridagi dollarni olib, unga uylanmasdan, uning nomiga hech qanday uyni rasmiylashtirib bermasdan, ishonchini suiiste`mol qilib, undan olgan pulni o`zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.
Buxoro viloyati IIB xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan M.Negmatovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






