7 iyun kuni Namangan shahrida yashovchi O.A. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o`rtog`i F.M. ismli ayolning oyoq, qo`l va bo`yin qismlariga qaychi bilan urib jarohat etkazgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada F.M. kasalxonaga yotqizilgan. O.A. ushlangan.






