1

4100 dollar evaziga Koreyadan ish topib berishni va`da qilgan firibgar aniqlandi

Jinoyat 08.06.2018, 17:26
4100 dollar evaziga Koreyadan ish topib berishni va`da qilgan firibgar aniqlandi

Koreyadan ish topib berishni va`da qilib, katta miqdordagi pulni o`zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 7 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, 2018 yil yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi X.Kim Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi R.A.ga Koreya Respublikasiga ishlash uchun yuborishni va`da qilib, aldab, undan 4 100 AQSh dollari va 100 ming so`m pullarini olib, shu kunga qadar yashirinib yurganligi ma`lum bo`lgan.

X.Kimni ushlash choralari ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1