Namangan viloyati Chust tumanida fuqarolar ommaviy zaharlanish natijasida tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Chust bozori yaqinidagi tamaddixonalardan birida 21 okyatbr kuni ovqatlangan taxminan 30ga yaqin odamlar sog`lig`idan shikoyat qilib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, odamlar go`shtdan tayyorlangan kabob iste`mol qilgach, shifoxonaga murojaat qilgan.
Ularning olti nafari og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Qolgan bemorlarga birinchi yordam ko`rsatilgan va uy sharoitida muolajani davom ettirish uchun javob berib yuborilgan.






