Ark qo`rg`oni— Buxoro davlat badiiy-me`moriy muzey-qo`riqxonasining shimoli-g`arbiy qismidagi bir necha oy avval qulab tushgan devorni qayta tiklash ishlari yakunlandi. Bu haqda «Sharq ekspressi» nashri xabar bermoqda.
Qayta tiklash ishlarini Usta Shirin Murodov nomidagi maxsus ilmiy-restavrasion ishlab chiqarish boshqarmasining restavrator ustalari amalga oshirdi.
Avvaliga devorning buzilgan qismini eski g`ishtlardan tozalab, uning poydevor qismini chuqurlashtirishdi. Armaturalangan devorga beton quyilganidan so`ng metalli konstruksiya bilan mustahkamlangan devorni ko`tara boshlashdi. Bunda qal`a devorlarini qurishning qadimgi usullari hisobga olindi.





