AsosiyJamiyat

Toshkentda Marg`ilon gilamlari namoyish etildi

“Go`zallikning uyg`onishi” deb nomlangan Sharq gilamlarining ko`rgazmasi 16 oktyabr kuni O`zbekiston amaliy san`at muzeyida ochildi.

Ko`rgazmada zamonaviy Marg`ilon ipak gilamlari va Bars International korxonasi tomonidan qadimiy texnologiyalar bo`yicha yaratilgan yungli gilamlar namoyish etildi.

Mazkur korxona vakilining so`zlariga ko`ra, bu erda 10 yil mobaynida tabiiy ipak tolasidan an`anaviy usulda gilam ishlab chiqarish qayta yo`lga qo`yilgan.

“Korxonada gilamlar qo`lda to`qiladi. Shu bois ularning soni ham nisbatan kamroq bo`ladi. Bir kvadrat metr ipak gilamni to`qish uchun ikki yarim oydan ziyod vaqt ketadi, yungli gilamlar uchun esa olti oy kerak bo`ladi”, - deydi korxona vakili. Bu haqda “Turkiston-Press”axborot agentligi xabar beradi.

Ko`rgazmadagi gilamlar orasida milliy va Sharq mavzularidan foydalanib to`qilgan yangi uslubdagi gilamlarni tasviriy san`at kartinalaridan ajratish qiyin, deya xabar beradi uz24.uz nashri “Uzbekistan Today” nashrining ma`lumotlariga tayanib.

    Boshqa yangiliklar