Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida 30 iyun kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida ro`yxatda turuvchi ayol B.B. Nurobod mahallasida joylashgan dala shiyponida o`zaro janjal oqibatida Chinoz tumanida yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o`rtog`i N.B.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazib, voqea joyidan yashiringan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan shovotlik ayol B.B. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ko`rilgan choralar natijasida B.B. qo`lga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.






