1

Boku shahrida Volontyor yoshlarning xalqaro forumi o`tkazilmoqda

Jamiyat 01.11.2018, 09:19
Boku shahrida Volontyor yoshlarning xalqaro forumi o`tkazilmoqda

30 – 31-oktyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Volontyor yoshlarning xalqaro forumi bo`lib o`tmoqda.

Forum ishida Ozarbayjon, Belarus, Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya davlatlari qatorida O`zbekiston delegasiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Forumning ilk kuni uchrashuv va muhokamalarga boy bo`ldi. O`tkazilgan sessiyalar mobaynida ishtirokchilarga Prezidentimizning yoshlarga oid davlat siyosati, O`zbekiston yoshlar ittifoqi va uning tuzilmasi, a`zolari soni, loyihalari, xalqaro hamkorlik kabi yo`nalishlar bo`yicha batafsil axborot berildi.

Forum ishtirokchilariga Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan tayyorlangan «Buxoroga xush kelibsiz!» videoroligi namoyish etilib, mamlakatimizning turistik salohiyati haqida axborot berilgani barchada iliq taassurot qoldirdi.

Shu bilan birga, Ozarbayjon Respublikasining Yoshlar va sport vazirining o`rinbosari Intiqam Babaev bilan ishchi tartibda uchrashuv o`tkazilib, O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar va sport vazirligi o`rtasida imzolanishi rejalashtirilayotgan memorandum va 2019-2020-yillarga mo`ljallangan «Yo`l xaritasi»ni ishlab chiqish jarayoni bo`yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.

Kun yakunida «Asan» («Oson») davlat xizmatlari agentligiga tashrif uyushtirilib, Agentlik faoliyati va uning qoshidagi volontyor yoshlar guruhi bilan tanishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1