1

“Samarqand bir vaqtning o`zida ikki zamonni — tarix va bugunni ko`rish imkonini beradi”

Jamiyat 01.11.2018, 09:20
“Samarqand bir vaqtning o`zida ikki zamonni — tarix va bugunni ko`rish imkonini beradi”

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan va 28 oktyabr kuni o`z ishini boshlagan “O`zbekiston-Rossiya yoshlari forumi. Hamkorlik, tashabbus va innovasiya” festivali 30 oktyabr kuni Samarqand shahrida davom etdi. Rossiyadan tashrif buyurgan mehmonlar eng avvalo Amir Temur maqbarasi, Xoja Doniyor majmuasi, Ulug`bek observatoriyasini ziyorat qilishdi.

Biz O`zbekistondagi tarixiy obidalari haqida faqatinternet orqali ma`lumotga ega edik. Endi esa bu obidalarni o`z ko`zimiz bilan ko`rib, naqadar go`zal va betakror ekanligiga guvoh bo`lmoqdamiz, – deydi Voronej davlat universiteti magistranti Anastasiya Kovaleva.

O`zbekiston-Rossiya yoshlar forumi doirasida Registon majmuasida“Rossiya Federasiyasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida turistik oqimni kengaytirishda yoshlarning o`rni” mavzusida bo`lib o`tgan amaliy konferensiyasida Rossiyaning turli shaharlaridan tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar bilan bir qatorda faol yoshlar, tajribali biznesmenlar, yosh tadbirkorlar hamda OAV vakillari ham ishtirok etishdi. Sessiyada ikki davlat o`rtasida turizm va turizm salohiyati yutuq va kamchiliklari haqida so`z yuritildi.

— Men Moskvada yashayman. O`zbekistonga kelishimizdan maqsad, bu erga sayohatga keladigan mehmonlarga o`ziga xos xizmat ko`rsatish usullari bilan tanishmoqchimiz. Mamlakatning bir qator madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishish, rivojlanish istiqbollarini o`rganish,hamkorlik va mamlakatlar o`rtasidagi sheriklik aloqalarini davom ettirishni niyat qilib kelganmiz, — deydi Rossiya yoshlar ittifoqi Xabarovsk regioni vakili Irina Potapenko.

“Turizm sohasi talabalari uchun muhim tadbir bo`ldi”

Bu uchrashuv aynan ushbu universitet talabalarining o`zaro do`stona aloqalarni yaxshilash va fikr almashish uchun asosiy vazifani o`tadi.

Rossiya Iqtisodiyot instituti o`qituvchisi Yuliana Rasulova O`zbekistonga asosan qaysi davlatlardan ko`proq sayyohlar tashrif buyurayotgani bilan qiziqdi.

Bu savolga “Ipak yo`li” xalqaro Turizm universiteti talabasi Laziz Abdusaidov javob berdi:

— Statistik ma`lumotlarga tayanadigan bo`lsak, asosan Evropadan ko`proq tashrif buyurmoqda. Bunga sabab aynan Evropa davlatlarda bizning davlatga chiqish uchun ko`plab imtiyozlar mavjud bo`lib, ular talabalar uchun turli chegirmalar joriy qilganida. O`zbekistonda turizm salohiyatini rivojlantirish uchun avvalo malakali mutaxassislar va kadrlari etishtirib berish masalasi turibdi.

Joriy yilda Samarqandda “Ipak yo`li” xalqaro Turizm universiteti ochildi va birinchi talabalar qabul qilindi. Universitetimizda Turizm industriyasining barcha sohalarini o`zida qamrab oluvchi fakultetlar mavjud bo`lib, chet eldan jalb qilingan o`qituvchilar dars berishmoqda. O`quv mashg`ulotlari davomida biz turizm sohasining va servis sohasini yaxshilash borasida takliflar ishlab chiqmoqdamiz.

Registonda 3D shou

Ilmiy anjumandan so`ng madaniy dastur va Registon maydonida 3D shou dasturi tashkil etildi.

— Bu kabi 3D shou sayyohlar oqimini jalb qilishga yordam beradi. Moskvada ham 3D shoular bo`lib turadi. Ammo Registonda o`zgacha kayfiyat bag`ishlar ekan. Sababi, Samarqand bir vaqtning o`zida ikki zamonni, tarix va bugunni ko`rish imkonini beradi. Bugunni taassurotlarimni albatta, do`stlarimga etkazaman va ularga O`zbekistonga kelib barchasini o`z ko`zi bilan ko`rishni tavsiya etaman, — deydi Rossiya yoshlar parlamenti a`zosi Sergey Zolotarev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1