1

Ayollar ijtimoiy moslashuvi markazlari tomonidan 485 nafar oilaviy zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollarga yordam ko`rsatildi

Jamiyat 01.11.2018, 18:31
Ayollar ijtimoiy moslashuvi markazlari tomonidan 485 nafar oilaviy zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollarga yordam ko`rsatildi

Joriy yilning may oyidan buyon Respublikamizning barcha hududlarida Xotin-qizlar qo`mitalari huzurida bosqichma-bosqich Ayollar ijtimoiy moslashuv markazlari tashkil etilmoqda.

Bugungi kunga qadar respublika bo`ylab jami 130 ta markazlar faoliyat yuritib, zo`ravonlikdan jabr ko`rgan ayollarga zarur psixologik, huquqiy, ijtimoiy va tibbiy yordam ko`rsatib kelmoqda.

Bugun markazlar uchun ajratilgan binolarda ayollarning vaqtincha kun kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. O`tgan vaqt mobaynida Xotin-qizlar qo`mitasiga 3055 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 485 tasi og`ir vaziyatga tushib qolgan, inqiroz holatidagi ayollar bo`lib, Ijtimoiy moslashuv Markaz mutaxassislari tomonidan ularga og`ir vaziyatdan chiqib ketish uchun barcha zaruriy choralar ko`rildi.

Agarda siz zo`ravonlikka duch kelayotgan bo`lsangiz yohud atrofingizdagilarning shunday munosabat qurboni bo`layotganligiga guvoh bo`lsangiz bizning «1146» ishonch telefonlarimizga murojaat qiling.

Ma`lumot uchun: Ishonch raqamlari ishga tushgandan buyon turli mavzularda 7000 dan ziyod qo`ng`iroqlar amalga oshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1