1

Odam savdosida gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 01.11.2018, 18:51
Odam savdosida gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi

27 oktyabr kuni «Mayskiy» blokpostida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida chegarani kesib o`tmoqchi bo`lgan odam savdosi bilan bog`liq jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Qozog`iston Respublikasi fuqarosi J.U. qo`lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Tezkor xabarlarga ko`ra, qo`lga olingan shaxs uch nafar O`zbekiston fuqarolariga: 28 yoshli Lola (ismlar o`zgartirilgan), 32 yoshli Lobar va 26 yoshli Dilbarga Qozog`iston Respublikasi Olmaota shahridagi massaj salonida ishlashni taklif qilib, katta daromad va`da qilgan. Ammo haqiqatda esa gumonlanuvchi qizlarni chet davlatga noqonuniy jinsiy ekspluatasiya uchun yuborish bilan shug`ullanardi.

Qo`lga olingan shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2 qismi («Odam savdosi») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Olib borilayotgan tergov ishlari davomida jinoyat jabrlanuvchilari va boshqa aloqador shaxslar aniqlanadi. Bundan tashqari, tergov davomida qizlarni ushbu shubhali taklifga rozi bo`lish sabablari ham o`rganiladi va odam savdosining ehtimoliy jabrlanuvchilariga ijtimoiy-huquqiy yordam beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1