AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 16 noyabrdan elektr energiyasi narxi oshdi

'O`zbekistonda 16 noyabrdan elektr energiyasi narxi oshdi 'ning rasmi

"O`zbekenergo" AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasi narxlari oshganligini ma`lum qildi.

Elektr-energiyasi uchun yangi tariflar Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg`i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o`zgarishi to`g`risida"gi qaroriga asosan belgilanganligi ma`lum qilingan.

"O`zbekenergo" xabariga ko`ra, 1 kVt/soat elektroenergiyasi maishiy iste`molchilar uchun 228,6 so`mdan 331 so`mga oshadi. O`sish darajasi 44,79%.

Shu bilan birga 2019 yilning 1 iyunidan 1 kVt/soat elektr energiya 370 so`mni tashkil etadi.

Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste`molchilar 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 2018 yil 16 noyabrdan o`rnatilgan tartibda - 125 so`mdan, 2019 yilning 1 iyunidan - 140 so`mdan to`lovni amalga oshiradilar.

    Boshqa yangiliklar