Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari Toshkentda “Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizasiyasida ayollarning roli: O`zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi.
Bugun 2 noyabr kuni Milliy matbuot markazida ushbu yirik tadbir oldidan Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva jurnalistlar uchun matbuot anjumani o`tkazdi.
Konferensiya ishida dunyoning 30 ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol bo`lgan ayollar ishtirok etadi.
Xalqaro miqyosdagi mazkur konferensiyani o`tkazishdan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyatni O`zbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi davlat siyosatining istiqbolli yo`nalishlari bilan tanishtirish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yo`nalishdagi roli borasida xalqaro tajribani o`rganishdan hamda kelgusida hayotga tadbiq etishdan iborat.
Shuningdek tadbir doirasida kelgusida ayollarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta`minlash uchun uzoq va qisqa muddatli loyihalarni o`z ichiga olgan xalqaro maydon tashkil qilish ko`zda tutilgan.






