AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shifokorlar va o`qituvchilarning oyligi yana oshiriladi

'O`zbekistonda shifokorlar va o`qituvchilarning oyligi yana oshiriladi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o`rinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda mamlakatimizda ayrim toifalarda ishlovchi xodimlarning ish haqlarida o`zgarish bo`lishi borasida ma`lumot berdi, deb yozmoqda O`zA.

Vazir o`rinbosarining ta`kidlashicha, joriy yilning 1 dekabridan tibbiyot sohasi xodimlarining oylik maoshlari 20 %ga, 2019 aprel oyida esa yana 15 %ga oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2019 yilda o`qituvchilarining ham oylik maoshlari oshirilishi rejalashtirilgan.

Vazir o`rinbosari ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yildan eng kam oylikka ishlovchi 370 ming nafar xodimlarning oyligi birinchi razryad bo`yicha 15 foiz, ikkinchi razryad bo`yicha 10 foiz, uchinchi razryad bo`yicha 5 foizgacha oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar