AsosiyJamiyat

Chilonzordagi mebel sexida yong`in sodir bo`ldi

'Chilonzordagi mebel sexida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 5 noyabr kuni soat 07.24da Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga, Chilonzor tumani, Chilonzor ko`chasi 1a-uyda joylashgan “Yangi Fayz ta`mir” mas`uliyati cheklangan jamiyatga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong`inni o`chirishga 6 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb qilingan.

Jangovar bo`linmalar tomonidan ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 07.37da o`rab olinib, 07.45da o`chirilgan.

Yong`in oqibatida ushbu sexning 80 kv.m. maydonda tomi, ichki qismi va jihozlari yongan. Yong`inda sex ishchisi S.E. kuyish tan jarohati olgan.

Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar