Jarqo`rg`onlik yigitni Koreyaga jo`natmoqchi bo`lgan marg`ilonlik firibgarga yana jazo qo`llanadi

Jinoyat 06.11.2018, 13:14
Jarqo`rg`onlik yigitni Koreyaga jo`natmoqchi bo`lgan marg`ilonlik firibgarga yana jazo qo`llanadi

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanidagi Gulhovuz mahallasida yashovchi Boybo`ri Ishonov 2016 yil Koreya davlatida ishlashga borish uchun hujjat topshirib, tegishli imtihondan o`ta olmaydi.

Internet tarmog`i orqali buni bilib olgan Farg`ona viloyati Marg`ilon shahridagi Miltiqsoz mahallasida yashovchi Valijon Firibjonov (ism-shariflar o`zgartirildi) B.Ishonov bilan telefon orqali bog`lanadi va o`zini tanishtirib, Tashqi ishlar migrasiyasida ishlashini aytadi. Gap orasida Koreyaga jo`natishga yordam berishini quyuq va`da qiladi. Xorijda mehnat qilishga orzumand yigitning ishonchini qozonish uchun uning fuqarolik pasportini ham olib, 6 ming AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirib ketadi.

Chet elda mehnat qilish uchun yaxshigina “haq” to`lab, fuqarolik pasportisiz qolgan o`g`lining ikki yildan buyon Koreya davlatiga jo`nab keta olmayotganidan xunob bo`lgan onasi ushbu masalada yordam so`rab, ichki ishlar idorasiga murojaat etadi.

Alqissa, telefon orqali Boybo`ri bilan tanishib, unga va`dani quyuq qilgan “uddaburon” V.Firibjonov 2017 yil oktyabr oyida boshqa firibgarlik jinoyatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, “b” bandi bilan sudlanib, Qashqadaryo viloyatidagi jazoni ijro etish muassalaridan birida tegishli jazoni o`tayotgan ekan.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1