1

Sho`rchida 33 yoshli ayol o`z mahalladoshining xonadoniga o`g`irlikka tushdi

Jinoyat 07.11.2018, 12:44
Sho`rchida 33 yoshli ayol o`z mahalladoshining xonadoniga o`g`irlikka tushdi

Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanidagi Go`zallik mahallasida yashovchi 33 yoshdagi Mansur Lolaev yashash uyidagi sandiqda yaxshi niyatlar bilan naqd 26 million 900 ming so`m pul va 500 dollarni avaylab saqlab kelayotgan edi.

Tushlikka yaqin u uyning eshigini beixtiyor ochiq tashlab, ko`chaga chiqib ketadi. Qaytib kelib qarasa sandiqning ham og`zi ochilib qolibdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, sandiqdagi pullar yo`q. G`oyib bo`libdi. U jamg`arib kelayotgan mablag`i yo`qolganiga ishonch hosil qilgach, ichki ishlar idorasiga murojaat etadi.

Zudlik bilan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mazkur o`g`rilikni shu mahallada yashovchi 32 yoshdagi Egrigul Sapieva (ism-shariflar o`zgartirildi) sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil olinadi.

O`zAning yozishicha, ayni paytda Go`zallik mahallasi nomiga dog` tushirgan o`g`ri ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1