Joriy yilning 6-9 noyabr kunlari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`lim oluvchi hududiy etakchilar Kengashi a`zolari uchun o`quv seminari boshlandi.
O`quv-seminarda yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlardan xabardor etish, hududlardagi boshlang`ich tashkilotlari faoliyatini jonlantirish, boshlang`ich tashkilot etakchilarining muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga amaliy yordam berishda etakchilarning asosiy vazifalari haqida batafsil ma`lumotlar beriladi.
Mazkur seminar 130 nafar o`g`il-qizlarni bir maqsad atrofida birlashtirdi. Dastlab, seminar ishtirokchilari 3 kun mobaynida bo`lib o`tadigan o`quvlar, amaliy mashg`ulotlar, psixologik treninglar va mahorat darslari bilan tanishib chiqishdi.






