Toshkent shahridagi "Avtograf" san`at galereyasida UzWaterAware loyihasi doirasida o`tkazilgan ekologiya va atrof-muhit muhofazasi mavzusida bolalar suratlari raqamli ko`rgazmasi o`tkazildi.
Mazkur tadbir Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda, Evropa Ittifoqining moliyaviy ko`magida o`tkazildi.
Ko`rgazma davomida mamlakatimizda bolalar o`rtasida o`tkazilgan “Er va Suv”, “Mening O`zbekistonim va suv resurslari” mavzusida o`tkazilgan suratlar va yozma asarlar bo`yicha tanlov g`oliblari ham rag`batlantirildi.
Mazkur tanlovni o`tkazishdan ko`zda tutilgan maqsad, o`sib kelayotgan yosh avlod vakillarini atrof-muhitni asrash, xususan suv resurslaridan oqilona foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tanlovlarda 6 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar 300 dan ortiqi jod namunalari bilan ishtirok etishdi.
Mamlakatimizning turli xududlaridan 18 nafar g`olib aniqlanib, poytaxtga taklif etildi. G`oliblar uchun poytaxtimizning diqqatga sazovor hududlariga sayohatlar tashkil etildi.
Tadbirda g`oliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda so`zga chiqqan Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays, O`zbekiston Respublikasi Davlat Atrofni muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari O`ktam O`taev, Suv xo`jaligi vazirligi boshqarma boshlig`i Shavkat Usmonov, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazining O`zbekistondagi filiali direktori Shahnoza Umarova va boshqalar bolalarni bu g`alabalar bilan qutlab, suv resurslarini asrab-avaylash barchaning vazifasi ekanini ta`kidladilar.
Tadbir ishtirokchilari tanlov g`oliblari tomonidan yaratilgan asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo`lishdi.






