1

"Kobalt"ni haydab qochgan shaxs qo`lga olinib, avtomashina egasiga qaytarildi

Jinoyat 10.11.2018, 16:31
"Kobalt"ni haydab qochgan shaxs qo`lga olinib, avtomashina egasiga qaytarildi

Shu yil 5 noyabr kuni noma`lum shaxs Toshkent shahrining Olmozor tumanida joylashgan Respublika Patologik anatomiya Markazi olididagi avtoturargohdan E.J.ga tegishli, qarovsiz qoldirilgan “Kobalt” rusumli avtomashinani haydab qochgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi S.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. U olib qochgan avtomashina esa Toshkent viloyati Chirchiq shahridan texnik soz holda topilib, o`z egasiga qaytarildi.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1