AsosiyJamiyat

Astraxanda o`zbekistonlik haydovchi boshqarib ketayotgan mashina ag`darilib ketdi

'Astraxanda o`zbekistonlik haydovchi boshqarib ketayotgan mashina ag`darilib ketdi'ning rasmi

12 noyabr kuni, Astraxan viloyatining Narimon tumanida 35 yoshli o`zbekistonlik haydovchi boshqaruvida bo`lgan "Lada Largus" rusumli mashina ag`darilib ketgan, deb xabar bermoqda "astrakhan.site" nashri.

Rossiyaning Ichki ishlar vazirligi xabariga ko`ra, yo`l transport hodisasi "Tambov — Volgograd — Astraxan" R-22 trassasining 1352 kilometrida sodir bo`lgan. Bunga avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi rulda uxlab qolgani sabab bo`lgan.

YTH oqibatida haydovchi va to`rt nafar yo`lovchi tan jarohati olgan. Xususan, 1976 yilda tug`ilgan ayol kishi bosh miya chayqalishi, ko`krak qafasi jarohat hamda umurtqa pog`onasining bo`yin qismida sinish va 42 yoshli erkakda ham jiddiy tan jarohati bilan og`ir ahvolda Astraxan kasalxonasiga etkazilgan.

40 yoshdagi erkakning esa burni singan, 58 yoshli ayol esa yopiq bosh-miya jarohati bilan tuman kasalxonasiga olib ketilgan.

Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar