AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor "GDG-DevFest" festivali o`tkaziladi

'O`zbekistonda ilk bor "GDG-DevFest" festivali o`tkaziladi'ning rasmi

"Google Developers Group" (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri — "GDG-DevFest" dasturchilar festivali joriy yilning 24 noyabr kuni poytaxtimizdagi Inha universitetida bo`lib o`tadi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi ko`magida amalga oshirilayotgan mazkur festival doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq bo`lmaganlar "Google" kompaniyasining so`nggi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishadilar.

Festival ishtirokchilari mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so`nggi tendensiyalarni kun davomida muhokama qilishadi. Xususan, ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalarini biznesga ishlatish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadilar.

    Boshqa yangiliklar