AsosiyJamiyat

Sirdaryodagi ​YTHda jabrlangan fuqarolar hayoti saqlab qolindi (foto)

'Sirdaryodagi ​YTHda jabrlangan fuqarolar hayoti saqlab qolindi (foto)'ning rasmi

Bugun, 14 noyabr soat taxminan 03:35larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatchisi tomonidan A-373 “Toshkent-Samarqand” yo`nalishining 13-kmda, yuk avtomashinasi yo`ldan chiqib avtohalokatga uchraganligi yuzasidan ma`lumot kelib tushdi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Mazkur holat bo`yicha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi qutqaruvchilar D.Xudoyberdiev, O.Qoraev, Q.Turg`unboev, O.Mamatkarimlar zudlik bilan voqea joyiga etib boradi. Shundan so`ng, qutqaruvchilar yo`l transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib chiqishdi.

Jabrlangan fuqaro hamda yo`lovchi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi jonlashtirish bo`limiga etkazishdi va bu orqali fuqaro xayoti saqlab qolindi.

    Boshqa yangiliklar