Toshkentda "Yandeks. Mahalla" xizmati ishga tushdi. Ushbu o`ziga xos ijtimoiy tarmoq orqali poytaxt aholisi internet-maydonda o`z mahalla yangiliklari, muammolari va hodisalarini muhokama qilishlari mumkin.
"Yandeks. Mahalla" - bu O`zbekistonga moslashtirilgan xizmat, Rossiyada “Tuman (Rayon)” deb ataladi.
O`zbekiston Rossiyadan tashqarida xizmatni joriy etilgan birinchi davlat bo`ldi.
"Bizningcha, Toshkentda ham xizmat ommalashadi va qo`shnilar onlayn suhbatlarining asosiy joyiga aylanadi", - deydi "Yandex.Tuman" xizmati rahbari Tatyana Gorelik.
"Yandex.Tuman" (Yandex.Rayon) 2016-yilda paydo bo`lgan va hozirda unda o`ndan ortiq shahar aholisi gaplashmoqda: Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar.
Xizmatning oy davomidagi auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ortadi.






