AsosiyJamiyat

​Bekoboddagi bog`chada zaharlanish: kimga qanday chora ko`rildi?

'​Bekoboddagi bog`chada zaharlanish: kimga qanday chora ko`rildi?'ning rasmi

2018 yil 9 noyabr kuni Bekobod shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining jami 56 nafar tarbiyalanuvchilari va 2 nafar tarbiyachilari ovqatdan zaharlanishi tashhisi ehtimoli bilan yotqizilgan...

Ushbu xolat haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lish uchun Maktabgacha ta`lim muassasi matbuot xizmati bilan bog`landik.

11-noyabr holatiga ko`ra shahar tibbiy birlashmasi yuqumli kasalliklar bo`limiga "O`tkir gastrit, gastroenterit" dastlabki tashhisi bilan keltirilgan bemorlardanzaharlanish (ich ketishsiz) sindromi klinik ko`rinishlariga ega bo`lgan 28 nafar bemor qolgan. Ularning hech birida og`ir holatlar yo`q. MTMning 27 tarbiyalanuvchi va bir xodimi o`rta og`irlikdagi holatda. Kasalxonaga yotqazilgan barcha bolalar va kattalardan laborator teshirishlar uchun bakteriologik tahlillar olingan. Tez kunlarda epidemiologik tekshiruv hamda bakteriologik tahlillar asosida yakuniy tashhis qo`yiladi.

O`tkazilgan muolajalar natijasida barcha bolalar salomatligida ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda.

IShChI GURUH...

Epidemiyaga qarshi choralarni muvofiqlashtirish va mahalliy mutaxassislarga yordam ko`rsatish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy–tadqiqot instituti direktori, professorlari hamda Respublika markaziy davlat sanepidnazorat shifokorlari ishchi guruh ishlamoqda.

Ma`lumot o`rnida:

Bo`lib o`tgan xolatdan so`ng shahardagi 12 davlat va 11 idoralar MTMlarining ovqat tayyorlash bloki va tibbiy xodimlari uchun qoida hamda normalar bo`yicha malaka oshirish o`qishlari tashkil etildi.

MUZLATKICh KAM, OShXONA ANJOMI ESA TALABGA JAVOB BERMADI

Bolalarning zaharlanishi sababini o`rganish uchun olib borilgan tekshiruv ishlari quyidagilarni aniqlandi:

  • Muzlatkich uskunalar, oshxona anjomlari etishmovchiligi;
  • Ishlovchi muzlatkich uskunalar (oziq–ovqatlarning turlari bo`yicha) talabga javob bermaydi;
  • Oshxona pichoqlar gigiena talablariga javob bermaydi;
  • Muntazam olinishi lozim bo`lgan sutkalik brakeraj namunalar olinmagan.

KIMGA QANDAY ChORA KO`RILDI?!

Bekobod shahri DSENM qaroriga ko`ra MTM faoliyati vaqtincha to`xtatilgan va muassasada to`la yuvish bo`yicha dezinfeksion tadbirlar o`tkazilayapti. MTM mudirasi o`z lavozimiga loyiqligi masalasi qo`yilgan. Hamda hamshira va ovqat tayyorlash bloki xodimlari, o`z vazifasiga loqayidlik bilan qaragani uchun lavozimidan ozod etilgan.

Muassasaga yangi muzlatgich o`rnatilib, xodimlar uchun tashkil etilgan o`qitish tugallanib, barcha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so`ng tiklanadi.

Qonunbuzarliklar bo`yicha materiallar esa prokuraturaga yuborilgan.

BOSh PROKURATURA NIMA DEYDI?

8-sonli maktabgacha ta`lim muassasasidagi xolat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o`z saytida ham xolatga izoh berib o`tdi.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimyoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda” deyiladi manbaada.

ESLATIB O`TAMIZ

Bundan sal avval ya`ni 8-10 oktyabr kunlari Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanidagi 433-sonli Maktabgacha ta`lim muassasida yirik zaharlanish — 37 nafar tarbiyalanuvchisi ham oziq-ovqatdan zaharlanishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgandi.

P/S: "Darakchi" gazetasining 46-sonidagi 16 sahifada chop etilgan ushbu maqolaning "Bog`cha mudirasi, hamshira va ovqat tayyorlash bloki xodimlari, o`z vazifasiga loqayidlik bilan qaragani uchun lavozimidan ozod etilgan" jumlasi, "MTM mudirasi o`z lavozimiga loyiqligi masalasi qo`yilgan" deya o`qilsin...

    Boshqa yangiliklar