1

Navoiyda o`g`il uyni nomiga o`tkazishni talab qilib keksa onasini kaltakladi

Jinoyat 17.11.2018, 22:36
Navoiyda o`g`il uyni nomiga o`tkazishni talab qilib keksa onasini kaltakladi
Navoiy shahrida 78 yoshli onasiga qo`l ko`targan 50 yoshli fuqaroga nisbatan sud hukmi o`qildi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.Navoiy shahrilik J. K. o`g`rilik jinoyati uchun yaqinda sudning qora kursisida bir bor o`tirgan edi. O`shanda unga oilaviy sharoiti, salomatligi inobatga olinib, sud ozodlikni cheklash bilan bog`liq jazoga hukm chiqargan edi.

Bu insonparvarlikdan o`ziga tegishli xulosa chiqarmagan J.K. spirtli ichimlik ta`sirida bundan-da mudhishroq jinoyatni sodir etdi. U78 yoshli onasini “uyni mening nomimga o`tkazib berasan”, deb urib, jabrlanuvchiga tan jarohati etkazdi.

Sud J.K.ga nisbatan yana insonparvarlik namunasini namoyish etdi. Uning og`ir xastaligi inobatga olinib, ozodlikni cheklash bilan bog`liq jazo tayinlandi. Qo`ni-qo`shni va onaizor J.K. bundan o`ziga tegishli xulosa chiqarar degan umidda. Axir, aytishadi-ku, “kechiraman, kechiraman, kech uraman”, deb.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1