Internet-resurslar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari ko`paymoqda

Jinoyat 18.11.2018, 13:29
Internet-resurslar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari ko`paymoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo`limi tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, internet-resurslar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari ko`paymoqda. Bosh boshqarma saytida berilgan xabarda bunga fuqarolarning o`ta ishonuvchanligi sabab bo`layotgani qayd etilgan. Xabarda Ukraina fuqarolari tomonidan olx.uz da amalga oshirilgan firibgarlik xolati (ismlar o`zgartirilgan tarzda) misol qilib keltirildi:

“Joriy yilning 13 iyunida Nikolay Tarasov Toshkent shahridagi GUVD ga murojaat qildi. Uning so`zlariga ko`ra, olx.uz saytida “Epika” rusumli avtomobilni sotish bo`yicha reklamani ko`rgan. E`lon muallifi o`zini Ukraina fuqarosi sifatida tanishtiradi. U avtomobil O`zbekistonda ro`yxatdan o`tganini va agar N. Tarasov o`zining to`lov qobiliyatini tasdiqlasa, u O`zbekistonga mashinani olib borib berishini ma`lum qilgan. Buning uchun Nikolay xalqaro pul o`tkazmalari tizimi orqali o`z nomiga 4000 AQSh dollari miqdorida pul jo`natib, “Telegram” ijtimoiy tarmog`i orqali transfer ma`lumotlarini ko`rsatishi kerak edi. N. Tarasov bu shartlarning barchasini bajarganidan so`ng, firibgar Tarasovning shaxsiy guvohnomasini qalbaki nusxasini tayyorlab, pulni echib oladi va u bilan yozishmalarini to`xtatadi".

Boshqarma xabarida yana bir misol keltirilgan va fuqarolardan begonalarga to`lov tizimlari orqali pul o`tkazishda va onlayn-do`konlarda xarid qilishda ehtiyot bo`lish so`ralgan. Internetda noma`lum shaxs tomonidan taqdim etilgan shartlarga rozilik berishdan oldin, bank muassasalarining mutaxassislari bilan maslahatlashish tavsiya etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1