1

Cho`ponni kaltaklab, 215 bosh qo`ylarni olib ketgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 20.11.2018, 10:59
Cho`ponni kaltaklab, 215 bosh qo`ylarni olib ketgan shaxslar ushlandi

Shu yil 15 noyabr kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida fuqaro M.A. IIBga murojaat qilib, joriy yilning 14 noyabr kuni 3 nafar noma`lum shaxs uni Forish tumani Arnasoy QFY hududida 1 300 bosh qo`ylarni boqib yurganida tayoq bilan urib 215 bosh qo`yini haydab ketganlar.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni fuqarolar D.A., M.T. va T.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1