Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Myalikgulievich Berdimuxamedovni «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O`zbek hamda turkman xalqlari o`rtasidagi har tomonlama do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, O`zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o`rtasida o`zaro manfaatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, tinchlikni ta`minlash va xalqaro aloqalarni kengaytirish ishlariga qo`shgan salmoqli hissasi uchun Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Myalikgulievich Berdimuxamedov «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014 yil 22 oktyabr





