AsosiyJamiyat

Qizil kitobni tayyorlash tartibi belgilandi

'Qizil kitobni tayyorlash tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haq Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, Qizil kitob O`zbekiston hududida kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o`simliklar muhofazasi, ularni qayta tiklash maqsadida tashkil etiladi.

Qizil kitobni tayyorlash, nashr etish va yuritish bo`yicha vakolatli davlat tashkilotlari etib quyidagilar belgilandi:

uni nashr etishni tashkil qilish va yuritish bo`yicha – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza etish davlat qo`mitasi;

uni nashr etishga tayyorlash bo`yicha – Fanlar akademiyasi.

Nizomga ko`ra, Qizil kitobga hayvonot va o`simlik olami turlarini (kenja turlarini) kiritish (undan chiqarish) bo`yicha takliflar va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Zoologiya hamda Botanika institutlari ishlab chiqadi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) va ularni muhofaza qilish bo`yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish Kamyob va yo`qolib ketish arafasida turgan hayvonlar va o`simliklarni muhofaza qilish bo`yicha idoralararo komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan turlar (kenja turlar) kamyoblik maqomi va yo`qolib ketish xavfiga ko`ra quyidagi kategoriyalarga mansub bo`ladi:

  • kategoriya 0 – (“Ehtimol yo`qolib ketgan”);
  • kategoriya 1 – (“Yo`qolib ketish arafasida”);
  • kategoriya 2 – (“Miqdori va/yoki tarqalishi kamayib ketayotgan”);
  • kategoriya 3 – (“Kamyob”);
  • kategoriya 4 – (“Maqomi aniqlanmagan”);
  • kategoriya 5 – (“Tiklangan yoki tiklanayotgan”).

Kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o`simliklarning davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda Fanlar akademiyasi tomonidanyuritiladi.

Qizil kitobga turlarni (kenja turlarni) kiritish (undan chiqarish) tadbirlari quyidagi bosqichlardan iborat:

    Boshqa yangiliklar