1

Samarqandda pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo`lgan uddaburonlarning siri oshkor bo`ldi

Jinoyat 21.12.2018, 11:44
Samarqandda pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo`lgan uddaburonlarning siri oshkor bo`ldi

Samarqand tumani davlat soliq inspeksiya va ichki ishlar bo`limi xodimlari hamkorligida tumanning Kulba mahallasida o`tkazilgan tekshirish tadbirida fuqaro X.B 20 ta quti (1200 dona) pirotexnika mahsulotlarini 400 ming so`mga sotayotgani aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi xabar berdi.

X.B pirotexnika mahsulotlarini ushbu mahallada istiqomat qiluvchi J.Tdan har bir qutisini 19000 so`mdan xarid qilganini bildirgan bo`lsa, J.T esa pirotexnika vositalarini mahalladoshi D.D.dan sotib olganini ma`lum qilgan. D.D esa pirotexnika mahsulotlarini o`z ehtiyoji uchun notanish fuqarodan sotib olganini, pulga muhtojligi bois ularni sotganligini ma`lum qildi. Shuningdek, yonidagi 2 quti (120 dona) paqildoqni chiqarib bergan.

Tekshirish davomida Qirg`iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Novy vek” va “Treniya” nomli jami 440 ming so`mlik jami 22 quti (1320 dona) pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.

Bundan tashqari Urgut tumani davlat soliq inspeksiya xodimlari tomonidan “Urgut savdo kompleksi” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bozor hududida o`tkazilgan tadbirda tumanning Kamongaron mahallasida istiqomat qiluvchi I.Q “Britanik” yozuvli pirotexnika vositalarini sotish bilan shug`ullanayotgani aniqlandi.

Tadbir davomida fuqarodan umumiy qiymati 480 ming so`mlik 40 quti (2400 dona) pirotexnika vositalari dalolatnoma tuzilib, daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1