2019 yilning 1 martidan e`tiboran taqiqlov belgisi bo`lmagan barcha hududlarda foto va video olish mumkin bo`ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 5 yanvar kuni imzolangan «O`zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmonda ko`rsatilgan.
Hujjatga ko`ra, Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo`shinlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 fevraligacha bo`lgan muddatda foto- va videos`yomka qilish uchun taqiqlanuvchi ob`ektlar, jamoatchilik joylari va hududlar ro`yxatini tasdiqlaydi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2019 yilning 1 martiga qadar ikki va undan ortiq chet tilida (ingliz, rus va b.) foto- va videos`yomka taqiqlanishiga doir tegishli ko`rsatkichlarni o`rnatish vazifasi yuklatildi.






