O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrlik masofada «Yarim marafon» yugurish sport turi bo`yicha musobaqa tashkil etildi.
Unda Qurolli Kuchlar akademiyasining barcha harbiy xizmatchilari, yoshlar va faxriylar, qolaversa, ko`plab xotin-qizlar ham ishtirok etdi.
Turli yosh naminasiyasi bo`yicha tashkil etilgan ushbu marafon boshqalaridan alohida ajralib turadigan jihatlarga boy bo`ldi. Jumladan, davlatimiz bayrog`ini baland ko`tarib, safni buzmay, bir xil tarzda yugurayotgan ishtirokchilarni ko`cha yuzida kuzatib turgan tomoshabinlar ham qizg`in olqishladi, ularga qo`shilib «FINISH» tomon olg`a intildi.
– Bu kabi marafonlar armiyaning xalq orasiga kirib borishiga katta hissa bo`lib qo`shilmoqda, – deydi Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik Akmal Ortiqov. – Kelgusida bu kabi tadbirlarni nafaqat «Vatanparvarlik oyligi» doirasida, balki muntazam tarzda o`tkazib borishni maqsad qilyapmiz.
Marafon so`ngida turli yosh nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`lgan ishtirokchilarga Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari, Akademiya boshlig`i polkovnik Azizbek Ikramov diplom va esdalik sovg`alarni topshirdi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






