Nashrning yozishicha, Buyuk ipak yo`li me`morchiligi va meroslarini o`zida saqlab qolgan mehmondo`st Samarqand shahriga tashrif buyurgan sayyohlar uchun barcha shart- sharoit yaratilgan.
Elektron vizalarning joriy etilishi eskicha tarzda viza olishdan ko`ra katta qulayliklarni yuzaga keltirdi. Bundan tashqari, Tojikistonning Panjakent shahrida Samarqand shahriga, Tojikistonning Fan tog`iga borish uchun oldingi chegara punkti o`z faoliyatini qayta tikladi. Bunday imkoniyat uzoq yo`lni yaqin qiladi. Bu erdan Samarqandga va qo`shni mamlakatlarga borish ancha engillikni yuzaga keltiradi.
Turkish Airlines Istanbul- Samarqand yo`nalishini yo`lga qo`ydi. Bu O`zbekistonning yuragida joylashgan durdona shahar Londondan bir bekat farq qiladi deganidir. The Guardian shaharga olib boruvchi temiryo`l tarmog`i xizmati a`lo darajada yo`lga qo`yilganligini ham ta`kidlab o`tgan.
Bu erda Toshkent shahrini tilga olmaslikning iloji yo`q. Endilikda shaharning go`zal metropolitenida suratga tushishga ruxsat berildi.






