4 yanvar kuni soat 17.50 da 102 raqamiga 26 yoshli Jo`raev Behruz Temurovichning onasi qo`ng`iroq qildi. Arizachining xabar berishicha, uning o`g`li 3 yanvar kuni taxminan soat 15.00 da oq rangli “Matiz” rusumli (davlat raqami 01 W 914 QA) avtomobilda uydan chiqib, qaytib kelmadi. Juraev B.ning onasining so`zlariga qaraganda, Behruzning qo`l telefoni bo`lmagan.
Qidiruv tadbirlari davomida kuzatuv kameralari orqali aniq bo`lishicha, 3 yanvar kuni soat 20.10 da Behruzning avtomobilining davlat raqamiga ega bo`lgan avtomashina “Mineral suvlar” blokpostidan Toshkent viloyati tomonga o`tib ketgan. Yigitning qidiruvi davom etmoqda.
Behruzning belgilari: bo`yi 170-175 sm., sochlari, ko`zlari va qoshlari qora, tana tuzilishi ozg`inroq.
Kiyimi: jigar rang kurtka, sarg`ish bryuk va shapka, oq rangli krossovka.
Toshkent IIBB Jo`raev B.ni yoki yuqorida keltirilgan davlat raqamiga ega avtomobilni ko`rganlarni +998 99 871 46 42 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishlarini so`ragan.






