1

«Vatanparvarlik aksiyasi»da 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashdi

Jamiyat 07.01.2019, 11:10
«Vatanparvarlik aksiyasi»da 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashdi

6 yanvar kuni Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo`yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» o`tkazildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtining barcha harbiy xizmatchilari, yoshlar va faxriylardan iborat 1,5 mingdan ortiq fuqaro qatnashdi.

Kichik marafon davomida uch avlod, ya`ni faxriy harbiylar, ofiser bo`lish orzusida harbiy ta`lim muassasasida saboq olayotgan kursantlar yugurish aksiyasi mash`alasini qo`ldan-qo`lga o`tkazib, finish chizig`iga qadar olib bordilar.

Marafon so`ngida turli yosh nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`lgan ishtirokchilarga O`zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov diplom va esdalik sovg`alarini topshirdi.

Eslatib o`tamiz, 5 yanvar kuni O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrlik masofaga «Yarim marafon» yugurish sport turi bo`yicha musobaqa tashkil etilgan edi. Unda mingdan ortiq harbiylar ishtirok etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1