AsosiyJamiyat

Samarqandda sayyohlar oqimi yangi yil bayrami kunlarida ortdi

'Samarqandda sayyohlar oqimi yangi yil bayrami kunlarida ortdi'ning rasmi

Yangi yil bayramini munosib kutib olish maqsadida dam olish kunlarining uzaytirilishi, avia va temir yo`l chiptalariga chegirmalar e`lon qilinishi Samarqand viloyatida mahalliy va chet ellik sayyohlar oqimini oshishiga sabab bo`ldi.

Shuningdek, Samarqandga bayram oldi va bayram kunlari: Rossiya, Yaponiya, Afg`oniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan sayyohlar tashrif buyurishdi.

2018-yilning 23 dekabrdan 28 dekabrigacha 856 nafar xorijlik sayyoh viloyatdagi mehmonxonalarda ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, 2018-yilning 29 dekabridan 2019 yilning 3 yanvariga qadar bo`lgan davrda 1 606 nafar chet ellik sayyoh ro`yxatga olingan.

Bayram kunlari Samarqandga tashrifni amalga oshirgan chet el fuqarolar orasidan Top-3 sifatida: Rossiya (588 nafar), Afg`oniston (198 nafar), Yaponiya (166 nafar)ni keltirish mumkin. Yuqorida keltirilgan raqamlarni ayni o`tgan bayram kunlari davri bilan ya`ni 2017 yil 29 dekabrdan 2018-yil 3 yanvargacha solishtirganda 790 xorijlik fuqaro ro`yxatga olinganligini ko`rishimiz mumkin.

Bu yil viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar soni ikki baravarga ko`paygan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, Tutu.ru sayti rossiyaliklar orasida o`tkazgan tahlil natijalariga ko`ra, yil davomida Evropaga yangi yil chiptalariga bo`lgan talab deyarli 20 foizga kamaygan va birinchi marta eng ko`p sotilgan yo`nalishlar reytingini O`zbekiston boshqara boshlagan.

    Boshqa yangiliklar