1

23 yoshli o`zbek yigiti Magnitogorskdagi vayronalar ostida qolgan 8 kishini hayotini saqlab qoldi

Jamiyat 07.01.2019, 14:45
23 yoshli o`zbek yigiti Magnitogorskdagi vayronalar ostida qolgan 8 kishini hayotini saqlab qoldi

O`zbekistonlik 23 yoshli ishchi Alan Abdullaev Rossiyaning Magnitogorsk shahrida portlash oqibatida qulab tushgan ko`p qavatli uy vayronalari ostidan sakkiz kishini birinchilardan bo`lib, hali Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kelmasidanoq qutqarishga muvaffaq bo`lgan. Rossiya matbuoti Abdullaevni "haqiqiy qahramon", deya ta`riflamoqda.

Magnitogorsk shahridagi qurilishlardan birida ishlovchi o`zbekistonlik 23 yoshli Alan Abdullaev 31 dekabr kuni saharda portlash ovozini eshitadi. U odamlarga yordam berish uchun portlash ro`y bergan turar joy binosi tomon shoshadi.

Qutqaruvchilar etib kelguniga qadar Alan uy vayronalaridan sakkiz odamni qutqarishga muvaffaq bo`lgan.

"Portlash ovozini eshitishim bilanoq, darrov kiyimimni almashtirdim. U erda odamlar turgan edi – hech kim yoniga bormadi. Vayron bo`lgan kvartirada yosh bolali ayolni ko`rdim. Qaysi qavatdaligini hozir eslolmayman. Shu erga tirmashib, chiqib ularni pastga olib tushdim. 20-25 daqiqalardan so`ng FVVdan kelishdi. U erda turib, Jenya ismli FVVdan kelgan yigitni kutdim. Jenya bilan yong`in bo`layotgan joyga chiqdik. U erda keksa ayol yong`inda qolib ketgan ekan. Uni yong`indan chiqardik. FVVdagilar kelganida, men ularga vayronalar ostida qolgan odamlar bor joylarni ko`rsatdim", – degan Alan Abdullaev.

Hozirgi kunda Alan har kuni ko`ngilli sifatida qutqaruvchilarga yordam bermoqda.

Alan Abdullaev Magnitogorskda qurilishda ishlaydi. Bundan tashqari u jang san`ati bilan shug`ullanib keladi.

Eslatib o`tamiz, Magnitogorskda 31 dekabr kuni yuz bergan portlash oqibatida vayron bo`lgan bino ostida qolib ketgan 39 kishi qurbon bo`ldi. Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko`p qavatli uylarning birining pod`ezdi o`pirilib tushgandi. Rossiya Tergov qo`mitasi ko`p qavatli uyda portlash nima sababdan yuz berganini tekshirmoqda. Dastlabki taxminlarga ko`ra, uyda gaz portlagan bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1