1

Davlat soliq qo`mitasi ish beruvchilarga ish haqi miqdorini oshirishni tavsiya etdi

Jamiyat 07.01.2019, 15:10
Davlat soliq qo`mitasi ish beruvchilarga ish haqi miqdorini oshirishni tavsiya etdi

Davlat soliq qo`mitasi ish beruvchilarga xodimlar ish haqi miqdorini oshirishni tavsiya etdi. Bu haqda qo`mitaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son qarorining 7 bandiga muvofiq 2019 yildan ish beruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy to`lovning kamaytirilishi natijasida bo`shaydigan mablag`lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi.

2018 yilning noyabr oyida moliya vaziri o`rinbosari Dilshod Sultonov soliq islohoti natijasida yirik korxonalar uchun 25 foiz, kichik korxonalar uchun esa 15 foiz miqdorida bo`lgan yagona ijtimoiy to`lov stavkasi pasayishi haqida eslatgandi.

«Endi bu stavka 12 foizni tashkil etadi, bu biznes tomonga qo`yiladigan katta qadam bo`ladi», - deya ta`kidlab o`tgandi Sultonov.

O`shanda, hisob-kitoblarga ko`ra, har bir fuqaro 1 yanvardan boshlab o`rtacha 6,5 foizdan yutishi qayd etilgandi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyigacha ishlab chiqilishi xabar berilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1