1

Jomboyda jiyan jahl ustida o`z amakisini pichoqlab qo`ydi

Jinoyat 07.01.2019, 16:42
Jomboyda jiyan jahl ustida o`z amakisini pichoqlab qo`ydi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 4 yanvar kuni pichoq bilan tan jarohati etkazish holati yuz berdi. Bu haqda O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Jomboyning «Qulbosti» mahallasida yashovchi J.A. o`z uyida birga yashovchi amakisi B.G`. bilan janjallashgan va janjal vaqtida amakisining qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat etkazgan.

«Natijada B.G`. kasalxonaga yotqizilgan. J.A. ushlangan», - deyiladi IIV axborotida. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1