Misr poytaxti Qohira shahrida O`zbekiston delegasiyasi mamlakatning Misrdagi elchixonasi bilan hamkorlikda al-Azhar majmuasi rahbarining boshlang`ich va o`rta ta`lim bo`yicha boshqarma boshlig`i Shayx Ali al-Xaliliy, al-Azhar shayxining maslahatchisi professor Abdurahmon Muso hamda al-Azhar rektori, professor Muhammad Mahrasoviy bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida al-Azhar majmuasi hamda O`zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o`rtasida hamkorlik qilish to`g`risidagi memorandum loyihasi ustida muhokama o`tkazilib, al-Azhar va O`zbekistondagi diniy ta`lim muassasalari o`rtasida talabalar almashinuvi yo`lga qo`yish alohida qayd qilindi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelishuvga muvofiq, har yili o`zbekistonlik 25 nafar talaba uchun al-Azhar tomonidan grant ajratiladi. Shundan 20 nafar bakalavr bosqichi uchun 5 nafari esa magistratura bosqichi uchun ajratilishi belgilab quyildi.