Jizzax shahridagi Yunus Rajabiy nomli viloyat musiqali drama teatrida ichki ishlar xodimlarining ota-onalari ishtirokida tantanali tadbir uyushtirildi. Unda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov so`zga chiqib, soha vakillarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko`lamli islohotlardagi ishtirokiga to`xtalib o`tdi.
Tadbir davomida jamoat tartibi va xavfsizligini ta`minlash yo`lida fidoyilik ko`rsatayotgan 11 nafar xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Shundan so`ng O`zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo`limi xonandalarining konserti hamda respublika IIV Jizzax akademik liseyi badiiy jamoasining kompozision dasturi namoyish etildi.
Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi






