Bugun Toshkent shahar Yunusobod tumani jinoiy ishlar bo`ycha sudida O`zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti sud vakiliga asosan.
"Rashid Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud majlisi yopiq tartibda bo`lib o`tadi", - deyilgan xabarda.
Eslatib o`tamiz, 2018 yilning fevral oyi oxirida O`zbekiston Bosh prokuraturasi Rashid Qodirovni hibsga olingani haqida xabar qilgan edi.
Sobiq bosh prokuror pora olishda, talonchilikda va lavozimini suiste`mol qilishda ayblangan edi.
Shuningdek, sobiq bosh prokuraturaning 24 nafar xodimlariga nisbatan ham ayblovlar qo`yilgan, jumladan uning o`g`li Alisher Qodirovga nisbatan ham ayblov qo`yilib u xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Rashid Qodirov O`zbekiston Bosh prokuraturasini 2000-2015 yillar davomida boshqarib kelgan. 2015-2017 yillar davomida Qodirov O`zbekiston Konstitusion sudi a`zosi bo`lgan.






